Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYaSI KAFEDRASI

Kafedra mudiri - fan nomzodi, PhD , dotsent Allamuratov Mirtaza

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 (71) 246-82-67

e-mail: allamuratov@nuu.uz


ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYaSI KAFEDRASINING QISQAChA TARIXI

Fiziologiya va bioximiya kafedrasi 1920 yilda professor E.F.Poyarkov tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, 1929 yilgacha uni o‘zi boshqargan (Izrael A.I., 1945). Dastlabki 5 yilda kafedrada fizika-matematika  va qishloq xo‘jalik fakultetlari talabalari uchun umumiy fiziologiya kursidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Meditsina fakultetida alohida  fiziologiya kafedrasi tashkil etilgan.

  Bu davrda kafedrada umurtqasiz hayvonlarning ovqat hazm qilish fiziologiyasini, shuningdek, ipak qurti immuniteti fiziologiyasi va bioximiyasini nazariy o‘rganish bo‘yicha juda ko‘p material to‘plangan.

  A.I.Izrael  rahbarligida O‘rta Osiyoning turli hududlariga 15 marta dalalariga chiqilgan.  Ushbu ishlar natijasida kafedrada maxsus mehnat fiziologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. Bundan maqsad organizmning ish jarayonidagi jismoniy mashqlar, issiq va tog‘ iqlimi sharoitida chiniqish jarayonidagi fiziologiyasi va bioximiyasi xususiyatlarini o‘rganishdan iborat edi.

  1926 yildan boshlab sportchilar yurak-qon tomir sistemasini baholash uchun laboratoriya ortostatik sinov amaliyoti yotgan holatdagi va yotgan holatdan tik turishga o‘tgandagi  pulsi va arterial kon bosimini aniqlash ishlari amalga oshirila boshladi.

  1926 yildan boshlab kafedrada yuqori malakali fiziolog mutaxassislar tayyorlash uchun zamonaviy laboratoriya tashkil etildi va unga rahbarlik qilish uchun A.I.Venchikov taklif qilindi.

  1940 yilgacha hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasida 42 ta fiziolog mutaxassis yetishib chiqib, o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat yurita boshladi.

  1940 yilga kelib, kafedra tarkibi quyidagi xodimlardan iborat bo‘ldi:

  Kafedra mudiri va ekologik laboratoriya boshlig‘i A.I.Izrael. U odam va hayvonlar fiziologiyasi umumiy kursidan, fiziologiya tarixidan, issiq iqlim fiziologiyasi va biokimyosi kursdalaridan ma’ruza o‘qir hamda har yili aspirantlar bilan maxsus praktikum olib borardi.

  Dotsent A.S.Shatalina gematologiya va endokrinologiya laboratoriyasini boshqarar, gematologiya, eksperimental endokrinologiya maxsus kursidan ma’ruza o‘qir edi. 1935 yildan boshlab har yili aspirantlar bilan ovqat hazm qilish va ko‘payish fiziologiyasining maxsus boblari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borgan.

  Assistent F.P.Yakovleva umumiy praktikum va katta praktikumning bir qismi bo‘yicha mashg‘ulort olib borardi.

  Assitent K.L.Romanova kafedraning biokimyo laboratoriyasini boshqarar va biokimyo praktikumlarini o‘tkazardi.

  1962 yildan kafedrani Antonina Stepanova Shatalina boshqardi. O‘sha yillarda uning rahbarligida issiq iqlim sharoitida oshqozon osti bezining normal va patologik fiziologiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borildi.

1976 yildan boshlab kafedraga A.K.Hamroqulov boshchilik qila boshladi va uning rahbarligida tadqiqot ishlari davom ettirildi.

B.Z.Zaripov 1970 yilda Nizoimiy nomidagi TDPI ni tamomlagandan keyin O‘zFA Fiziologiya institutida ish boshlagan. Uning ilmiy  ishi ovqat hazm qilish va so‘rilish gormonlar tomonidan boshqarilishi muammolari bilan bog‘liq edi. 1975 yilda “Ingichka ichakning gidrolitik va transport  funksiyasi boshqarilishida buyrak usti bezlari ishtirok etishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyin esa sobiq SSSR FA ning I.P.Pavlov nomidagi Fiziologiya institutida akademik A.M.Ugolev rahbarligida “Ingichka ichakda ovqat hazm qilish va transport jarayonlarining substrat va parasubstrat boshqarilishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlay boshladi va uni 1985 yilda muvaffaqiyatli himoya qildi. Akademik A.M.Ugolev butun dunyoga taniqli olim edi. Akademik A.M. Ugolev bilan birgalikda ular surunkali tajribalar sharoitida kalamushlar va ba’zi boshqa hayvonlarning ingichka ichagida membrana hazmi va so‘rilishini o‘rganishning yangi metodini yaratishdi. Ularning bu ishi kashfiyot sifatida qabul qilinib, bu innovatsion metod hozirda dunyoning 32 ta rivojlangan davlatlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Akademik B. Zaripov Biologiya fakulteti dekani, ToshDU va ToshDAU birinchi prorektori, O‘zbekiston Respublikasi davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Akademik B. Zaripov 2004 yilda fiziologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib I.P. Pavlov nomida oltin medalga sazovor bo‘ldi. U Xalqaro Fiziologlar jamiyati (Stokgolm) akademigi, Nyu-York fanlari akademiyasi (AQSh) akademigi, Rim Universiteti faxriy professori (Italiya), Janubiy Rossiya universiteti faxriy professori (Rossiya) va Qishloq xo‘jaligi akademiyasi a’zosi (O‘zbekiston). Uning 100 dan ortiq nashr ishlari e’lon qilingan, ulardan bittasi monografiya va bittasi mualliflik guvohnomasidir.


Professor K.T.Almatov 1994 yildan boshlab odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasiga rahbar etib tayinlandi. Uning kafedradagi ilmiy-tadqiqotlariga muvofiq, yangi yo‘nalish-to‘qimalar mitoxondriyasi va qonning shaklli elementlari, shuningdek, normadagi metoxondriyalar mitoxondriyasining lipotik fermentlari va turli stress va patologik xolatlarini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. K.T.Almatov 320 taga yaqin ilmiy ish, 7 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma va darsliklar  chop ettirdi, bular asosan Respublika jurnallarida va SNG davlat jurnallarida, shuningdek chet el nashrlarida bosilib chiqdi. Uning rahbarligidagi ilmiy ishlar xalqaro miqyosda mashhur bo‘ldi.

Hozirgi kunda uning rahbarligida 10 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi.

2011-2013 ylllari Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasiga professor L.S. Kuchkarova raxbarlik qildi.

Kafedra professori Kuchkarova L.S.  o‘zining pedagogik va ilmiy faoliyati asosida u 4 ta darslik va 15 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni nashr etdi. Kuchkarova Lyubov Salijanovna tomondan 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan Endocrinologia experimentalis (Chexoslovakiya), American journal of biomedical and life science (AQSh), Fiziologicheskiy jurnal Rossii, Voprosы pitaniya (Rossiya), Sosial biology  singari nufuzli ilmiy jurnallarida, chop etirildi. 

2015 yildan kafedraga Z.A. Mamatova rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedrada turli xil tabiiy birikmalarning nafas olish va qon aylanish tizimlarining funksional holatiga ta’siri o‘rganildi. Bundan tashqari, og‘ir metallar va ba’zi biologik faol moddalarning ovqat hazm qilish jarayonlariga ta’siri bo‘yicha ishlar olib borildi.

Kafedrada ilmiy ishlar buyicha Respublika Innavatsion Vazirlik tamonidan e’lon qilingan 30- tur doirasida  Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va atrof-muhit muhofazasi fanlari yo‘nalishi bo‘yicha 1.5 mlyard so‘mga teng bo‘lgan «Yirik shoxli qoramollar ozuqasiga bioqo‘shimcha sifatida ishlatiladigan peptid bog‘lamiga ega biostimulyatorlar yaratish» mavzudagi katta loyixa  muvaffaqiyatli ximoya qilindi. Bu esa kafedraning kelajakda olib boradigan ilmiy faoliyatini rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.

Hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan yosh mutaxasislardan Karimova Irodaxon Ibroximjonovna 2017-2018 yillarda Erasmus Mundusning Timur loyixasi bo‘yicha Chexiya tabiiy fanlar institutida doktaranturada o‘qib qaytdi va 2018 yili PhD  dissertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qildi.

2019 yili El yurt umidi fondi bo‘yicha grant yutib Rossiya Fanlar akademiyasining I.P.Pavlov institutida stajirovkada bo‘lib qaytdi va hozirda u yerdagi olimlar bilan xamkorlikda ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Kafedrani hozirgi kunda 2021 yil 16 fevraldan dotsent, b.f.n Kaxorov Bolta Abdugaforovich boshqarib kelmoqda.

Kafedrani tugangan talabalar AQSh (Maxmudov A.A.), Isroil (Shinder D.A.) va boshqa mamlakatlarda ilmiy laboratoriyadarni boshqarmoqda.


  Bugungi kunda kafedrada ilmiy izlanishlar qo‘yidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: 

  •  Organizmdagi turli  fiziologik-biokimyoviy jarayonlarga  yuqori haroratni va toksik moddalarning ta’sir  mexanizmini o‘rganish va ularni qayta tiklash yo‘llarini izlash;
  •  Turli  biologik faol birikmalar va flavonoidlarni organizmdagi  modda va energiya almashinuviga ta’sir mexanizmini  o‘rganish;
  • Og‘ir metallar tuzlarning usayotgan organizmning moddalar assimilyatsiyasiga ta’siri;
  • Ovqatlanish va hazm jarayonlarining solishtirma fiziologiyasi va ekologiyasi.