O‘zbekiston milliy universiteti, Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Sadullayeva N.A. va Rus adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, professor Kamilova S.E. Maltaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — L-Università ta’ Maltada xalqaro loyiha doirasida xizmat safarida bo‘lishdi. Mazkur universitet xalqaro TOP-500 talik reytingidan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Tarjima, Terminologiya va sinxron tarjima kafedrasi mudiri, professor Клаудин Борг va loyiha koordinatori professor Sergio Portelli kutib olishdi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida zamonaviy tilshunoslik, lingvokulturologiya va xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar kelgusida ilmiy maqolalar va monografiyalarni hamkorlikda tayyorlash yuzasidan qiziqish bildirdilar. Xalqaro hamkorlik uchrashuvi yakunida universitetlar o’rtasida esdalik sovg‘alari almashildi hamda kelgusidagi hamkorlik rejalariga oid dastlabki kelishuvlarga erishildi.