O‘sh davlat universiteti

O‘sh davlat universiteti rektorining O‘zbekiston Milliy Univesitetiga tashrifi

2023-yil 23-noyabr kuni Qirgiziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti rektori Kojobekov Kudayberdi Gaparaliyevich boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurishdi.

 Delegatsiyani Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova va rektorat tashkiliy xizmat bo’limi boshlig’i Azizjon Aripov kutib oldilar.

Uchrashuvda ikki universitet o’rtasidagi uzoq yillik hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, o’qituvchilar va talabalar akademik mobillik dasturlarini ko’paytirish va birgalikda barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xalqaro tadbirlar va xalqaro konferensiyalar tashkil qilish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Tashrif davomida O‘sh davlat universiteti rektori akademik mobillik bo’yicha O‘zbekiston Milliy Universitetida tahsil olayotgan Qirg’izistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv mobaynida talabalar O‘zbekiston va O’zbekiston Milliy Universitetida o‘qish va egallagan ko‘nikmalari haqida taasurotlari bilan bo‘lishishdi.


O‘zbekiston Milliy universitetida O‘sh davlat universitetining chet tillar fakulteti vakillari.

Ma’lumki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Qirg‘izistonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi va ular bilan rasmiy hamkorlik memorandumlari imzolagan. Ular orasida Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti ham bor. Ikki universitet oʻrtasida 2018-yilda memorandum imzolangan boʻlib, hamkorlik faoliyati shu kungacha davom etib kelmoqda.

2023-yilning 20-may kuni Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetining Chet tillar fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani O‘zbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti dekani va kafedra mudirlari kutib oldi.
Ikki davlatning xorijiy tillar ta’limi bo‘yicha mutaxassislari mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, tajriba va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi. Akademik mobillik va fakultetlar o‘rtasida qisqa muddatli tajriba almashish dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, hamkorlikda konferensiyalar tashkil etish, masofaviy seminarlar tashkil etishga kelishib olindi. Yig‘ilish yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish muddatlari belgilab olindi.


Osh davlat universiteti xalqaro bo’lim vakillari bilan onlayn uchrashuv

Bugun 27 sentyabr kuni Osh davlat universiteti bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Xorijiy talabalar bo‘limi boshlig‘i Diyora Islomovalar ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun 27 sentyabr kuni Osh davlat universiteti bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Xorijiy talabalar bo‘limi boshlig‘i Diyora Islomovalar ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu uchrashuvda uzoq yillardan buyon Osh davlat universiteti bilan imzolangan akademik mobillik dasturi doirasida talabalar almashinuvi 2023-2024 yilda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

2023-2024 yillarda turli xil yo‘nalishlarda talabalarni Milliy universitetga akademik mobillik dasturi doirasida qisqa muddatli va 1 semestrga qabul qilish masalalari ko‘rib chiqildi hamda o‘z o‘rnida O‘zbekiston Milliy universitetini ham Qirg‘iziston Respublikasi O`sh davlat universitetiga ketish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.