Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va jamoasi Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi

Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirdan so‘ng turli mutasaddi tashkilotlar qatori O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, xodimlari ham buyuk alloma, o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.