O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA VAZIR VA YOSHLAR O'RTASIDA OCHIQ MULOQOT BO'LIB O'TDI

Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vaziri Abdulqodir Toshqulov
Oliy ta'lim tizimida rahbariyat berkitayotgan muammolarni bevosita talabalar orasida yurib tinglash bizning asosiy vazifamizdir.

Ma'lumki, Oliy va o'rta maxsus taʼlim vaziri tashabbusi bilan Toshkent shahridagi unversitetlarda "Vazir va talabalar ochiq muloqoti" tashkil etilmoqda. Xususan, bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversiteti markaziy kutubxonasida Oliy va o'rta maxsus taʼlim vaziri Abdulqodir Toshqulov va talabalar o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvni tashkil etishdan maqsad bugungi kunda ta'lim tizimida bo'layotgan muammolarni talaba-yoshlarning bevosita o'zidan tinglash va mavjud muammolarni vazirlik tomonidan imkoniyat doirasida hal qilishga qaratilgan. Ochiq muloqot jarayonida O'zMUning 17 ta fakultetidan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv avvalida universitet ilmiy salohiyatini namoyish etuvchi korgazma bilan tanishildi. Unda universitetning barcha fakultet talabalari o'zlarining start-up va innovatsion loyihalari, ishlanmalarini taqdimot qilishdi. Vazir loyihalar bilan tanishar ekan, mahalliy amaliyotni yanada kuchaytirish, loyihalar soni va sifatini oshirish, bola tarbiyasida tashqi omillardan himoya qiluvchi loyihalarni jonlantirish, inklyuziv ta'lim, ijtimoiy so'rovnomalar sifatini yaxshilash orqali omma fikrini o;rganish hamda eng faol talabalarni, xususan, O'zMU Jurnalistika fakulteti talaba-yoshlarini vazirlikka amaliyot o'tash va ishga olish yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi.

So'ng talabalar bilan o'zaro ochiq muloqot savol-javob tarzida boshlandi. Shu jumladan , Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi Gulbonu Kuvvatova talabalar uchun o'qishdan bo'sh vaqtida o'z ustida ishlashi uchun kichik 24 soat davomida faoliyat yuritadigan kutubxonalar shuningdek, ochiq havoda kitob o'qish uchun maxsus joylarni tashkil qilish taklifini berdi. Bildirilgan fikrlar orasida universitet talabalar turar joylarida Ma'naviyat xonalarini qayta tashkil etish, professor- oʻqituvchilar o'rtasida sport musobaqalarini tashkil qilish, kompyuter savodxonligi kurslarini ochish kabi fikrlar o'rinli deb, xususan Abdulqodir Toshqulov tomonidan ma'qullandi.

Uchrashuv jarayonida ilmiy salohiyatni yanada yaxshilash hamda ilmiy adabiyotlarni nashr etish shu jumladan, ilmiy adabiyotlarni ommalashtirish yuzasidan Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan bildirilgan fikrlar berildi. Bugungi kunda Jurnalistika fakulteti talabalariga suxondonlik fanlarini joriy etish, xalqaro madaniyat va xorij ta'lim tizimidagi tajriba bilan yaqindan tanishishi xususidagi takliflar ma’qullandi.
"- Agar tajriba almashinish maqsadida xorij safariga chiqayotgan professor-oʻqituvchi o'zi bilan kamida beshta talabani olib chiqmasa, unga xorij safariga chiqishga ruxsat berilmaydi" — dedi Abdulqodir Toshqulov.

Tashkil qilingan muloqot yakunida bildirilgan fikrlar umumlashtirilib, bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan vazirlik mutasaddilariga topshiriqlar berildi va tez fursatda amalga oshirish yuzasidan yo'l xaritasi ishlab chiqish xususida muhim vazifalar belgilab olindi. Shu jumladan, ochiq muloqot davomida faol ishtirok etgan, kreativ taklif bergan talabalar Oliy va o'rta maxsus taʼlim vaziri tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.




OʻzMU Axborot xizmati