O‘zbekiston nemislarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi

2021 yil 14 sentabr kuni O‘zMUda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, “Videngeburt” O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi va O‘zMU qoshidagi "O‘zbekistonda Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik" markazi hamkorligida “O‘zbekiston nemislarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya Federal hukumatining ko‘chirilgan shaxslar va milliy ozchiliklar bo‘yicha komissari Bernd Fabritsius, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner, "Videngeburg" O‘zbekiston nemislarining Madaniyat markazi raisi Yelena Mironova, Qozog‘iston-Germaniya universiteti mutaxassislari, “O‘zbekiston-Fransiya”, “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati vakillari, qo‘mita xodimlari va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda ishtirokchilar tomonidan dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, konferensiya mobaynida O‘zbekiston nemislar madaniyat markazini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zMU Axborot xizmati