Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMU talabasi Xalqaro grossmeyster unvoni sohibasi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Yakubbayeva Nilufar Murodbek qiziga Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) tomonidan o'tkazilgan "FIDE Congress 2021" xalqaro yig'ilishida ayollar o'rtasida Xalqaro grossmeyster (Woman Grandmaster) unvoni berildi. Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan Yakubbayeva Nilufar Murodbek qizini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Ma’lumot uchun, Nilufar Yakubbayeva 10 karra O'zbekiston, 2 karra Osiyo chempioni va jahon chempionatlari sovrindori, O'zbekiston ayollar terma jamoasi a'zosi.

O’zMU Axborot xizmati