MEHRIBONLIK UYIGA BEG`ARAZ KO`MAK


O`zbekiston Milliy universiteti ijtimoiy himoyaga muhtoj ko`plab nogironlar uylari, mehribonlik uylari, ota-onasini yo`qotgan talaba va yoshlarga homiylik qilib keladi. Bu homiylikdan maqsad, bolalarga ijtimoiy yordam ko`rsatish, moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, ular ko`ngliga quvonch olib kiorishdan iborat.
2021 yil O‘zMU Tarix fakultetining a`zo talabalari universitetga biriktirilgan mehribonlik uyiga tashsrif buyurib, ilmga chanqoq yoshlar bilan suhbat olib bordi, suhbat davomida yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga talabalardan javob olishdi
Shuningdek,O`zbekiston Milliy universiteti nomidan 4 million 800 ming so`mlik 2000 ta turli xil badiiy hamda o`quv darsliklar sovg‘a qilishdi. Shu bilan biorga, yoshlarga keying o`quv jarayonlarga yordam berilishi rejaga kiritildi.
O’zMU Axborot xizmati