Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMUda “Yashil makon” shiori ostida obodonlashtirish xayriya hashari tashkil etildi

O’zbekiston Milliy universiteti Biologiya va Ekologiya fakuktetlari hamda O’rmonchilik xo’jalik qo’mitasi bilan hamkorlikda “Yashil makon” shiori ostida obodonlashtirish xayriya hashari tashkil etildi. Hashar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, obodonlashtirish va tozalik ishlarida O’zMU Biologiya va Ekologiya fakultetlarining tashabbuskor yoshlari faol ishtirok etdi. Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarildi. O’zMU botanika bog’i, qishki issiqxona (Оранжерея) atroflari va unga tutash hududlar saranjom-sarishta holatga keltirildi. O’rmon xo’jalik qo’mitasi homiy sifatida Qrim archasi, oq qayin, Hindiston sireni, barbaris va shu kabi noyob tropik zona o’simliklari bilan ta’minlab berdi hamda botanika bog’iga ushbu noyob tropik zona o’simliklar ekildi. Shuningdek, daraxt va ko’chatlar oqlandi. Atrofdagi ariqlar ichi chiqindilardan tozalandi. O'simliklarning atrofi tuproq qatlami yumshatildi, ularga agrotexnik ishlov berildi. Hasharchilar bahor oyining birinchi xaftasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida ko’kalamzorlashtirish ishlariga ham borishi bo'yicha takliflarni bildirishdi, ushbu hasharda ishtirok etgan talabalarimizga dasturxon tuzalib, palov suzildi. Universitet tashabbuskor yoshlari qatnashayotgan tadbir chin bahoriy kayfiyatida davom etdi. Ushbu tadbir yoshlar orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tayotganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O’zMU Axborot xizmati