Piza universiteti
Italiyalik olimlar O‘zMUda master-klass o'tdi
Joriy yilning 18 mart sanasida Italiyaning Piza universiteti Yer haqidagi fanlar fakulteti “Petrografiya va petrologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Piyer Paolo Giacomoni va “Geokimyo” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Silvia Fornasaro o‘quv dasturida belgilangan xalqaro hamkorlik doirasida Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida bo‘ldi.
Xorijiy olimlar fakultet hamda "Geokimyo va mineralogiya" kafedrasi faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, talabalarga petrografiya va geokimyo fanlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.
Mehmon ma’ruzachilar samarali hamkorlikni tashkil qilishga hissa qo‘shgani uchun fakultet rahbariyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. Master-klassdan so‘ng mehmonlarga akademik T.N.Dolimov nomidagi Geologiya muzeyi tanishtirildi.