The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Piza universiteti

Italiyalik olimlar O‘zMUda master-klass o'tdi

Joriy yilning 18 mart sanasida Italiyaning Piza universiteti Yer haqidagi fanlar fakulteti “Petrografiya va petrologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Piyer Paolo Giacomoni  va “Geokimyo” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Silvia Fornasaro o‘quv dasturida belgilangan xalqaro hamkorlik doirasida Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida bo‘ldi.

Xorijiy olimlar fakultet hamda "Geokimyo va mineralogiya" kafedrasi faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, talabalarga petrografiya va geokimyo fanlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.

Mehmon ma’ruzachilar samarali hamkorlikni tashkil qilishga hissa qo‘shgani uchun fakultet rahbariyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. Master-klassdan so‘ng mehmonlarga akademik T.N.Dolimov nomidagi Geologiya muzeyi tanishtirildi.