Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Profilaktik davra suhbati tashkil etildi

Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida rektor maslahatchisi J.Ruziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi mutaxassisi M.Abduraxmonov, hudud profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Abdulhaqov, fakulteti dekani Z.Raxmonov, tyutorlar hamda 154 nafar talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik davra suhbati oʻtkazildi.

Ma’ruzachilar oʻz soʻzlarida yot va buzgʻunchi gʻoyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi periparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq holatlarni oldini olish, turli tuman ommaviy tartibsizliklar, mitinglarda ishtirok etishdan ogoh boʻlish, turli xil korrupsion holatlarni oldini olish kabi mavzularda tushunchalar berib oʻtildi.

Shu bilan birga ushbu noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibati tushuntirildi. Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.