TABRIKLAYMIZ!

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti Kimyo yo'nalishi 2-bosqich talabasi Xasanov Jamshid Andarz o'g'li kimyo fanidan o'tkazilgan onlayn xalqaro fan olimpiadasida 2-o‘rinni qo'lga kiritib, kumush medal sohibi bo’ldi.
Talabamizning ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi olimpiadalarda ham shunday g'olib bo'lishlikni tilab qolamiz.
O’zMU Axborot xizmati