Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TABRIKLAYMIZ!

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti "Tabiiy geografiya" kafedrasi magistranti Oxunjonova Dildora Komiljon qizi "Tabiiy fanlar" yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi bo'ldi.

Ma’lumot uchun, Oxunjonova Dildora 5A140602 - Geografiya (o'rganish obyekti bo'yicha) mutaxassisligi bo'yicha magistraturada davlat granti asosida tahsil olmoqda. 2017-2018, 2018-2019-o'quv yillarida universitetning iqtidorli talabalari uchun ta’sis etilgan O'zMU stipendiyasi bilan taqdirlangan. Shu bilan birga, 2018-yilda o'tkazilgan “Yil talabasi” Respublika ko'rik-tanlovining universitet bosqichida g’olib bo'lgan. Dildora Oxunjonovaning respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq maqolalari nashr etilgan.

Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan Dildora Oxunjonovani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O’zMU Axborot xizmati