Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

Oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash, infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etishda xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Zaruriyat va ehtiyojlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarni zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlashni maqsad qilgan. Universitetning 0.3 gektardan iborat yer maydonlarida 1000 va 1083 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binolarini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan. Xususiy tadbirkor va sarmoyadorlar ushbu loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universitetiga so‘rov va takliflar hamda konsepsiya taqdim etishlari mumkin.

Manfaatdor tomonlar mazkur loyihani amalga oshirishda qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflarini 2023-yil 15-oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha yuborishlari lozim.

So‘rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi: 100174, Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 7-uy, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +998 71 207-16-80,   +998 71 207-16-43;
  2. Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4 uy, e-mail: DEVONXONA@NUU.UZ, veb-sayt: nuu.uz. Tel.: 71 246 54 17;
  3. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 16-uy, E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz, AbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel.: 71-203-03-07 (701).

Eslatma! “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) qabul qilingan taqdirda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.