Talaba qizlar bilan davra suhbati

2021 yilning 28 sentabr kuni O‘zMU Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamovaning tashabbusi bilan Xorijiy filologiya fakulteti, xorijiy til va adabiyoti kafedrasi 1-bosqich talaba qizlari o‘rtasida “Qizlar odobi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida axloq-odob, ichki tartib qoida, kiyinish odobi, pokizalik, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi. Shuningdek, suhbat davomida talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda ularni qiziqtirayotgan mavzular ham yoritib o‘tildi.

O‘zMU Axborot xizmati