Talabalar turar joylari
O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularda jami o‘rinlar soni 2021 yilga qadar 3600 tani tashkil etar edi. 2021 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazildi.
Talabalar turar joylarida sport seksiyasi, badiiy havaskorlik to‘garaklari, “Ma’naviyat va ma’rifat”xonalarii faoliyat ko‘rsatmoqda. Yotoqxonalar binolari va hududi “WiFi” qurilmalari orqali internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, talabalarga universitetning Axborot-resurs markazi elektron kitoblar fondiga va Alisher Navoiy nomidagi “O‘zbekiston Milliy kutubxonasi” elektron platformasiga bog‘lanish hamda dunyo global internet tarmog‘i elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, universitetning 4 va 5-TTJlarda “Info kioska”lar o‘rnatilgan hamda talabalar uchun TTJ larining ma’naviyat va ma’rifat xonalarida 24 ta zamonaviy kompyuterlar jihozlangan.
Har bir talabalar turar joylarida talabalarning o‘zini o‘zi boshqaruv tuzilmasi talabalar Kengashi tashkil etilib, uning tarkibi saylov yo‘li bilan shakllantirilgan. Shuningdek, talabalar Kengashi faoliyatining funksional vazifalari ishlab chiqilgan.
“5 muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida universitetning 4 ta talabalar turar joylarida “5 muhim tashabbus xonalari” tashkil etilgan va jihozlangan.


