Talabalarning loyihalari amaliyotga tatbiq etiladi
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-11.jpg)
Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida bir necha xalqaro va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikda Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi tomonidan “Biz bo‘lmasak, kim?” loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-08-1024x682.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_17-52-38-1024x682.jpg)
Mazkur tanlovda fakultetda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ta’lim va innovatsiya, zamonaviy kasblar, turizm va madaniyat, ekologiya yo‘nalishlariga taalluqli loyihalarini taqdim etdi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-13-1024x682.jpg)
Ushbu tanlovdan ko‘zlangan maqsad ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy va innovasion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishdan iborat.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-10-2-1024x682.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-10-1024x682.jpg)
Tanlovga talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalari bilan ishtirok etdi:
- Ta’lim va tarbiya (psixologiya, ijtimoiy ish, falsafa, milliy g‘oya, sotsiologiya, yuristprudensiya, siyosatshunoslik va boshqa sohalar bo‘yicha);
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlar;
- Ekologiya va sog‘lom turmush tarzi;
- Ma’naviyat, OAV va jurnalistika;
- Kitobxonlik;
- Sport;
- Turizm
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-06-2-1024x682.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-06-1024x682.jpg)
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyida Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni aniqlash bo‘yicha yangi loyihaga qo‘l urilgan edi. Loyihalar tanloviga jami 120 dan ortiq talabalar o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etishdi. 22-29 aprel kunlari ishchi guruh tomonidan eng yaxshi deb baholangan loyihalar tanlab olindi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-07-2-1024x682.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/04/photo_2024-04-30_16-50-07-1024x682.jpg)
Tanlov yakuni bo‘yicha barcha loyihalarni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, istiqbolda ushbu talabalar tomonidan berilayotgan g‘oyalarning sohalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zMU Axborot xizmati