Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tarix fakulteti talabalari “Evrika” intellektual o‘yini g‘oliblari

“O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Evrika” intellektual shousi haqiqiy bilimdonlarning bilimlarini sinash davrasi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu ko’rsatuvning navbatdagi sonida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabalari - Joʻrayev Sunnatillo Toʻra oʻgʻli (1-bosqich (rus) tarix yo‘nalishi talabasi), Dehqonova Shahzodaxon Dilshodjon qizi (1- bosqich talabasi), Baxtiyorov Asadbek (2-bosqich talabasi), Bekkiyeva Mahbuba (1-bosqich talabasi) va Temirov Shoxrux Baxtiyor o‘g‘li (2-bosqich talabasi) ishtirok etishdi. Quvonarlisi, Tarix fakulteti 1-bosqich talabalari Joʻrayev Sunnatillo Toʻra oʻgʻli va Dehqonova Shahzodaxon Dilshodjon qizi 1-o’rinni, 1-bosqich talabalari Jo’rayev Sunatilla va Noryigitov Sanjar 2-o’rinni, 2-bosqich talabasi Nishonov Diyorbek 3-o‘rinni egallab, ko’rsatuv g’oliblari bo’lishdi.
Ma’lumot uchun, ko’rsatuvning har sonida 5 nafar bilimdon o‘z bilimini 3 raundda sinovdan o‘tkazadi. Birinchi raundda 10 tadan quiz testlarga javob beriladi va o‘ylash uchun 15 soniya vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi. Ikkinchi raundda jami 10 ta savol bo’lib, savol o‘qilgandan so’ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bersa 10 ball qo’lga kiiritiladi. Bu shartda quyidagi 3 imkoniyat beriladi:

  • Variant olish;
  • Do‘stimga qo‘ng‘iroq;
  • 30 soniya o‘ylash.
    Agar ishtirokchi bitta imkoniyatdan foydalansa 10 ball emas, 8 ballni qo’lga kiritadi. Agar barcha imkoniyatdan foydalansa 4 ball oladi.
    Universitetimiz nomini munosib himoya qilgan ushbu talabalarimizga kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

O’zMU Axborot xizmati