Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TA’ZIYA

O’zbekiston Milliy universitetida 2006-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, oʻz xizmat vazifasiga sadoqatli, fidoiy xodim, O’zMU Hisob-kitob bo’limi Bosh hisobchisi Zohid Orolovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan marhumning yaqinlari, farzand-u arjumandlariga hamdardlik bildiramiz.

O’zMU Axborot xizmati