Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ta’ziya

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi Matematika fakulteti “Geometriya va topologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Norqul Normurodovning bevaqt vafot etgani munosabati bilan oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.

Normurodov Norqul Qurbonpo'latovich 1983-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Matematika fakultetiga o‘qishga kirib, 1990-yili mexanika-matematika fakultetini bitirgan. N.Q.Normurodov 1990-1991 yillarda Toshkent davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti laboranti, stajyor-izlanuvchisi, 1991-1993 yillarda assistent, 1993-2011 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) geometriya va amaliy matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011-2016 yillarda geometriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2016-2024 yillarda geometriya va topologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. N.Q.Normurodov bakalavriatning oliy matematika, matematika tarixi, MTvMO‘U, MvIO‘U kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar olib borgan. 

U 20 dan ortiq chop etilgan ilmiy ishlar muallifi. Bakalavriat va magistratura talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan. 

Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar, ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash bo‘yicha ilmiy-metodik ishlarga e’tibor bergan holda bir nechta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari va bitta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan.