Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Universitet, mahalla va maktab hamkorligi

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya, Ijtimoiy fanlar, Kimyo hamda Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetlari dekan o‘rinbosarlari Olmazor tumanidagi “Ibrohim ota” MFYda istiqomat qiluvchi faollar va maktab o‘quvchilarining ota-onalari bilan ochiq muloqot olib bordi.

Tadbirda mahalla faollari va ota-onalarning fikr-mulohazalari, takliflari o‘rganildi. Yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish, ilm-fan bilan shug‘ulanishlar uchun imkoniyat yaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish masalasida o‘zaro fikr almashildi.

Mahalla va maktabda har hafta “Psixolog kuni”, "Chet tillar to‘garagi", “Kimyo maktabi” qo‘shimcha ta’lim kursi va sport musobaqalarini hamkorlikda tashkil etishga kelishib olindi.