Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Universitetda o‘quv yuklamalarni raqamlashtirish elektron axborot platformasi loyihasini  ishlab chiqish bo`yicha tanlov e`lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli, “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kuzatuv Kengashining 2024-yil 1-martdagi 1-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Universitetda o‘quv yuklamalarni raqamlashtirish elektron axborot platformasi loyihasini  ishlab chiqish bo`yicha tanlov e`lon qilinadi.

Tanlov bo‘yicha takliflar 2024 yilning 25 martidan 2024 yilning 25 aprel kuni, soat 17:00ga qadar qabul qilinadi. Ishchi guruh tomonidan 2024 yil 26-aprelda takliflar ko`rib chiqiladi.

Takliflar atm@nuu.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.