O‘zbekiston Milliy universitetiga 2026/2027 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim uchun “60420100-Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari 2026-yilning 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Kunduzgi ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari 2026-yilning 25-avgust kuni, soat 08:00da O‘zbekiston Milliy universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Mo‘ljal: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orqa tomoni
Lokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CTsSA8nL
Masofaviy ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari 2026-yilning 25-avgust kuni, 1-smena soat 08:00da, 2-smena 13:00da Bilim va malakalarni baholash agentligining Toshkent viloyatidagi binosida bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxat (jadval) exel
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Nurafshon sity hududi, Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi, 35-uy.
Mo‘ljal: Toshkent viloyat Prokuraturasi orqa tomoni
Lokatsiya: https://yandex.ru/maps/org/214317437298?si=086mz3rwfb9wpzg2g36ayd9z6c
ESLATMA!
Abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan grafikdagi belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq birinchi kursda o‘tilgan fanlar bo‘yicha fan va (yoki) fanlardagi kreditlar farqlarini akademik qarzdor sifatida joriy o‘quv yilida alohida to‘lov asosida o‘zlashtirishi lozim.