60420100-Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar DIQQATIGA!

60420100-Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar (tegishli til sertifikatini O‘zMUga taqdim etgan abituriyentlardan tashqari) 2026-yilning 20-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) test shaklida topshiriladigan chet tili: ingliz, nemis, fransuz, turk tillaridan birida topshirishi haqidagi ma’lumotni O‘zbekiston Milliy universitetining mas’ul xodimlariga ushbu telefon raqamlar orqali +998-93-291-20-12, +998-91-222-84-22, +998-90-042-17-44 (shu jumladan SMS xabar orqali) taqdim etilishi so‘raladi.

2026-yilning 20-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar chet tili haqidagi ma’lumotni taqdim etmagan abituriyenlar uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari ingliz tilida o‘tkaziladi.


MA’LUMOT UCHUN:

60420100-Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari manzili, sanasi va vaqti haqidagi ma’lumotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz axborot tizimidagi ariza yuboruvchining shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Shuningdek, test sinovlari manzili, sanasi va vaqti haqidagi ma’lumotlar universitet rasmiy (www.nuu.uz) sahifasida hamda rasmiy telegram kanalida (https://t.me/nuu_uz) qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

ESLATMA:

–  Abituriyentlar imtihonga kirishlari uchun o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari shart.