Bitiruvchilari bandligini ta’minlash — strategik vazifa

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy tillar fakultetida navbatdagi “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir bitiruvchi talabalarning bandligiga ko‘maklashish hamda soha mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba almashish maydoni sifatida xizmat qildi.

Tadbirda mamlakatimizdagi yetakchi tarjima va tilshunoslik markazlari, xalqaro tashkilotlar, yirik ta’lim muassasalari hamda boshqa nufuzli idoralardan ish beruvchilar o‘zlarining vakant ish o‘rinlari bilan faol ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida bitiruvchilar bo‘lajak ish beruvchilar bilan bevosita muloqotga kirishib, xorijiy tillar sohasiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni o‘rgandilar hamda til o‘qitish, tarjima va xalqaro kommunikatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli startap loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar.

Shu bilan birga, tajribali mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan amaliy seminarlarda talabalarga kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bilan birga, yosh mutaxassislarning kasbiy trayektoriyasini belgilab olishlarida muhim poydevor bo‘ldi.