
2026-yil 29-oktabrdan boshlab Fransiyaning Lyumer Lion 2 universiteti o‘qituvchisi Mathilde Laurent Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Og‘zaki nutq amaliyoti” fanidan mashg‘ulotlar olib bormoqda. Darslar talabalarning fransuz tilida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish va jonli muloqot tajribasini oshirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotlarda juftlik va guruhlarda ishlash, suhbatlar tashkil etish hamda turli kommunikativ topshiriqlarni bajarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar fransuz tilida o‘z fikrlarini erkin ifodalash, suhbatdoshni tinglab tushunish, to‘g‘ri talaffuz va intonatsiyadan foydalanish bilan birga, Fransiyaning zamonaviy madaniyati va muloqot an’analari bilan ham yaqindan tanishmoqda.
Xorijiy mutaxassis ishtirokidagi amaliy mashg‘ulotlar talabalarning til kompetensiyasini mustahkamlash, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va xalqaro ta’lim tajribasini o‘quv jarayoniga olib kirish imkonini bermoqda. Bunday hamkorlik O‘zMU va Fransiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik aloqalarni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.