“Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti hududida bir nechta tashkilotlar hamkorligida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Ahrorov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.

Yarmarka doirasida yoshlar, ish beruvchilar, tadbirkorlar, bank vakillari va ta’lim muassasalari o‘rtasida bevosita muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarga ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, biznes boshlash hamda startap loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.