Matematika fakultetida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Matematika fakulteti talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Universitet rektori maslahatchisi Jahongir Jabborov, birinchi prorektor Tunis Xojiyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘ktam Boltayev, Toshkent shahar “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” bosh mutaxassisi Mirzoniyoz domla Rajabiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati, bag‘rikenglik va tinchlikparvarlik tamoyillari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, diniy savodxonlikni oshirish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

     

#DavraSuhbati #JaholatgaQarshi #Marifat