Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida yuridik yoʻnalishga ixtisoslashgan respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Zakovat: Yuridik liga”ning 1-bosqichi o‘tkazildi.
Nufuzli respublika turnirida jami 31 ta jamoa huquqiy bilim, mantiqiy tafakkur va tezkor fikrlash borasida oʻzaro bellashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:Turnir gʻoliblari va sovrindorlari:
1-oʻrin — “Better Call Us” jamoasi (Oʻzbekiston Milliy universiteti)
2-oʻrin — “Tricky Guys” jamoasi (Toshkent davlat yuridik universiteti)
3-oʻrin — “PI” jamoasi (Toshkent davlat yuridik universiteti)
Turnirda Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti, “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent xalqaro universiteti jamoalari munosib ishtirok etdi.
Mazkur musobaqa talabalar oʻrtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, intellektual salohiyatni rivojlantirish va oʻzaro tajriba almashish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi.
Oʻzbekiston Milliy universiteti jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi bosqichlarda ham ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zMU Axborot xizmati