O’zbekiston Milliy universiteti professori “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

#Eʼtirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Milliy universitetining geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori Safarov Eshkabul Yuldashovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ma’nan yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lidagi katta xizmatlari uchun taqdirlangan Eshkabul Yuldashovichni universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz.

🇺🇿 Yuksak davlat mukofoti muborak bo’lsin!