Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik doirasida Eronning Shahid Ashrafi universiteti professori, PhD Hajar Gafarpur ishtirokida ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’ruza Xorijiy filologiya fakultetining ingliz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun tashkil etilib, unda ingliz tilini o‘qitish metodikasining eng so‘nggi tendensiyalari muhokama qilindi. Professor Gafarpur ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovasion usullar va o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi xalqaro yondashuvlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar nafaqat nazariy bilimlar, balki xorijiy mutaxassisning shaxsiy ilmiy-amaliy tavsiyalari bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Savol-javoblarga boy kechgan bunday muloqotlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahoratini yuksaltirish va ularda til o‘rgatishga nisbatan yangicha qarashlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
