
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi. Jahonning eng yetakchi 2% olimlari reytingi («World’s Top 2% Scientists 2026» (TOPSCINET) yangi natijalari e’lon qilindi.
Har yili Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan dunyo olimlarining iqtiboslik ko’rsatkichlari asosida eng nufuzli top 2% olimlar ro‘yxati yangilab boriladi. O‘zbekistonlik olimlarning standartlashtirilgan xalqaro metrikalar bo‘yicha bunday nufuzli reytingdan joy olishi mamlakatimiz ilmiy salohiyati yildan-yilga o’sib borayotganini ko‘rsatadi.
Ushbu nufuzli ro‘yxatdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining quyidagi olimlari o‘rin oldi:
Dilfuza Egamberdiyeva, Biologiya va ekologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professori (Mikrobiologiya)
Javlon Rayimbayev, Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori (Fizika-astronomiya)
Ahmadjon Abdujabborov, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi professori (Fizika-astronomiya)
Elyor Berdimurodov, Kimyo fakulteti Fizikaviy kimyo kafedrasi professori (Fizikaviy kimyo)
Bobomurod Ahmedov, O‘zMU qoshidagi Nazariy fizika instituti direktori (Fizika-astronomiya)
Yusufjon Gʻaffarov, Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti (Mikologiya va parazitologiya)
Universitet jamoasi olimlarimizni erishilgan ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va yangi ilmiy zafarlar tilaydi.