O‘zMU professor-o‘qituvchilari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etishdi

2026-yilning 4–9-may kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti «Falsafa» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining Almati shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida akademik mobillik dasturi doirasida bo‘lib qaytdilar.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitet rahbariyati hamda Falsafa va siyosatshunoslik fakulteti jamoasi bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdilar. Shuningdek, vakillarimiz xalqaro ilmiy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun qiziqarli ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishdi.

Dastur doirasida O‘zMU delegatsiyasi universitetning zamonaviy raqamli kutubxonasi, buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy merosiga bag‘ishlangan muzey va ilmiy markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashishga muvaffaq bo‘ldilar.