Shu yilning 20–25-iyun kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa kafedrasi professorlari N. Shermuhamedova va N. Abdullayeva, dotsent Y. Nomozova, o‘qituvchi hamda mustaqil izlanuvchilar A. Haydarova va J. Qodirov Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘tkazilgan IX Rossiya falsafa kongressida faol ishtirok etdilar.

Kongress “Философия в контексте современных вызовов” (“Zamonaviy chaqiriqlar kontekstida falsafa”) mavzusiga bag‘ishlandi. Anjuman doirasida O‘zMU vakillari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib, zamonaviy falsafaning dolzarb masalalari yuzasidan xalqaro ilmiy hamjamiyat vakillari bilan fikr almashdilar. Mazkur kongress turli mamlakatlardan tashrif buyurgan olim va tadqiqotchilarni bir maydonga jamlagan nufuzli ilmiy forumlardan biri bo‘ldi.

Shuningdek, delegatsiya Jahon Brahma Kumaris tashkilotining Sankt-Peterburg filiali direktori Didi Santosh Kukredja bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik, falsafiy qarashlar hamda kelgusidagi ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
