O‘zMUda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Rektor kubogi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlarning bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazuvchi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Rektor kubogi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan jamoalar ishtirok etib, o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi hamda mantiqiy tafakkuri bilan bellashdilar. Bahslar davomida ishtirokchilar murakkab va qiziqarli savollarga javob topishda katta faollik namoyon etdilar.

Intellektual o‘yin juda shiddatli va murosasiz ruhda kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, tomoshabinlarga ham haqiqiy bilimlar bellashuvini taqdim etdi. Ayniqsa, tarix, adabiyot, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga oid savollar qatnashchilar o‘rtasida keskin raqobat uyg‘otdi. Talabalarning keng dunyoqarashi, jamoaviy hamkorligi va topqirligi hakamlar hamda muxlislar tomonidan e’tirof etildi.

Tadbirni universitetning 1-prorektori Tunis Xojiyev  ochib berdi. U o‘z nutqida bunday intellektual musobaqalar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Yakunda g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yakuniy natijalar:

🥇1-o‘rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti «Sarvarning orzusi” jamoasi — 12 mln so‘m;

🥈2-o‘rin: Tarix fakulteti   “Centurion” jamoasi — 10 mln so‘m;

🥉3-o‘rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti  “Ziyostar” — 8 mln so‘m.