Universitetimiz qizlari — FINALDA!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” dasturi doirasida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida voleybol (ayollar) bo‘yicha II bosqich musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Murosasiz kechgan bahslarda O‘zbekiston Milliy universiteti ayollar terma jamoasi “A” kichik guruhida barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli I o‘rinni egalladi. Ushbu g‘alaba jamoamizga musobaqaning FINAL bosqichi yo‘llanmasini taqdim etdi!

Yuqori mahorat va jamoaviy ruh namoyish etayotgan voleybolchi qizlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz. Jamoamizga hal qiluvchi final bosqichida ham omad yor bo‘lishini va mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz!