Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Inom Madjidov qabul qildi.


Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.







Muloqot yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.