O’zbekiston Milliy universiteti sport majmuasida «Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi» doirasida voleybol (erkaklar va ayollar) bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Universitet talabalari o‘rtasida kechgan murosasiz va shiddatli bahslar natijasiga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Yigitlar:
🥇 Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti
🥈 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
🥉 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti
Qizlar:
🥇 Tarix fakulteti
🥈 Biologiya va ekologiya fakulteti
🥉 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
