Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

VI – Ilm Yulduzlari intellektual ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi


2021 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston xotin qizlar Olima uyushmasi tomonidan tashkil etilgan VI - Ilm Yulduzlari intellektual ko‘rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda turli ilmiy sohalarda tadqiqot olib borayotgan yoshi 35 gacha bo‘lgan iste’dodli olimalar ishtirok etishdi.

Tanlov natijasida 3ta faxrli o‘rin va 5ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblar diplom va estalik sovg‘alar bilan, barcha ishtirokchi olimalar esasertifikat va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir Toshkent Davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy universitetidan yosh Olima, PhD Ziyoyeva Xolidaxon ishtirok etib «Eng dolzarb ilmiy mavzu» nominatsiyasida g‘olib chiqib, Olima uyushma va Toshkent shaharhokimiyati tomonidan sertifikat va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi nomidan yosh olimamizni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O‘zMU Axborot xizmati