Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

O‘zMU Jurnalistika fakulteti tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda shaxsan O‘zMU 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi Yulduz Baratova, tyutorlar Akbarjon Abduraimov va Bekzod Olimjonovlarning tashabbusi bilan 16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov va badiiy kecha tashkil etildi. Unda Jurnalistika va Xorijiy filologiya fakulteti talabalaridan iborat ishtirokchi jamoalar 4 shart bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishdi. G‘olib jamoalarga homiylar tomonidan 1-o‘rin uchun 3 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 2 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 1 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari, ilmiy kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zMU Axborot xizmati