Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro reytinglarni rivojlantirish yo’lida xamkorlik

9 fevral kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan Tomsk Davlat Universiteti bilan birga xalqaro reytinglarni rivojlantirish va tahlil qilish bo‘yicha onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Milliy Universitet vakillaridan xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shaxnoza Nazirova va xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo‘limi boshlig‘i Gúzal Boboyeva ishtirok etishdi. Tomsk Davlat Universiteti axborot tahlil markazi direktori Jolobova Irina va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sergey Yun xalqaro reytinglardagi indikator va faktorlar, ularni amalga oshirishdagi ilmiy hamkorlik aloqalari, reytingdagi universitet faolligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tahliliy fikr-mulahazalarini bildirib o‘tishdi. Tomonlar bu sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olishdi