Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro talabalar forumi

Joriy yilning 18-mart kuni Qozog‘istonning M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida "Markaziy Osiyoda ta'lim integratsiyasi va ijtimoiy-gumanitar fanlar" mavzusidagi Xalqaro talabalar forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Milliy universitetining bir qator professor-o‘qituvchilari, jumladan, "Falsafa va mantiq" kafedrasi mudiri, professor Sh.Madayeva, "Sotsiologiya" kafedrasi mudiri, dotsent E. Zaitov, "Etika va estetika" kafedrasi mudiri A. Tulyayev hamda bir qancha talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, O'zMU tayanch doktoranti D.Ro'ziboyev "Educational integration in Central Asia and humanitarian values" mavzusida, talaba Sh.Yo'ldoshboyeva "Innovative reforms in the education system of Uzbekistan" mavzusida ma’ruza qilishdi.

O‘zMU Axborot xizmati