Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

XALQARO YOSHLAR MAKTABI O’Z ISHINI BOSHLADI

2021 yilning 20-noyabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida MDHga a'zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo'yicha davlatlararo jamg'armasi ko'magida “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati” mavzuida Xalqaro yoshlar maktabining ochilish tadbirio'tkazildi. Xalqaro yoshlar maktabida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Milliy tadqiqot Tomsk davlat universiteti, Belarus davlat universiteti va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetidan xorijiy talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Aytish joizki, xalqaro yoshlar maktabi oliy ta’lim muassasasining xalqaro ta’lim standartlariga o’tish yo’lida jiddiy qadamlar qo’yayotganligidan dalolatdir. Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini chuqur o’rganayotgan va shu sohada faoliyat olib borayotganlar uchun mazkur maktab qo’shimcha bilimlarni olish, yetakchi olimlar va amaliyotchilar bilan uchrashuvlar orqali mustaqil ishlar olib borishga imkoniyat yaratib beradi.
Xalqaro yoshlar maktabining dastlabki kunida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tarixi va faoliyati bilan tanishtirildi, xususan, universitet kutubxonasi, muzeylar va fakultetlarga tashrif tashkillashtirildi. Shu bilan bir qatorda, xorijiy talaba-yoshlar Toshkent shahri bilan yaqindan tanishishlari uchun shahar bo’ylab tur tashkil etildi. Xalqaro yoshlar maktab davomida talaba-yoshlar xorijiy va milliy professor-o’qituvchilarning qiziqarli ma’ruzalari va seminarlariga jalb etiladi. Dasturda talaba-yoshlar tarixiy obidalar, milliy-madaniy markazlar bilan tanishtirish maqsadida Buxoro, Samarqand shaharlarga tashriflari uyushtirilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro yoshlar maktab yakunida ishtirokchilar universitet tomonidan maxsus sertifikat va estalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar. Ma’lumot uchun mazkur dastur joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar davom etadi.

O’zMU Axborot xizmati