Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Xoja Ahmad Yassaviyning Yunus Emro ijodiga ta’siri” mavzuida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi

Ozarbayjon Respublikasi Boku Davlat universiteti Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilar jamoasi va talabalar ilmiy jamiyatining taklifiga binoan, O‘zMU “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasining “Yil olimi” xalqaro mukofoti laureati Hamidulla Boltaboyevning “Xoja Ahmad Yassaviyning Yunus Emro ijodiga ta’siri” (ozarbayjon tilida) mavzuida ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi. Seminarda ozarbayjonlik olimlar, magistrlar, O‘zMU doktorant va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

O’zMU Axborot xizmati