Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xorijiy hamkorlar safi kengaymoqda

Binobarin, keyingi yillarda respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarning xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari tobora kengaymoqda. Kuni kecha (19 may 2021 yil) Rossiya Federatsiyasining Ilmiy tadqiqot instituti (MEI) rektori Nikolay Rogalev boshchiligidagi delegatsiya Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, oʼquv ishlari boʼyicha prorektor Shuxrat Toshmatov, xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Hikmat Saburov hamda fizika fakulьteti deani Gʼofurjon Eshonqulovlar kutib olishdi.

Uchrashuvdan maqsad ikki universitet oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolash va maqsadli hamda istiqbolli rejalarni muhokama qilib olishdan iborat. Uchrashuv jarayonida tomonlar oʼzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini oʼrnatish va uni samarali, natijali hamda tizimli amalga oshirishga qaratilgan bir qator taklif va mulohazalarni muhokama qildilar. Аyniqsa, mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan istiqboli yoʼnalishlarda kadrlar tayyorlash, professor-oʼqituvchilarni malaka oshirish, ilmiy stajirovkalarini yoʼlga qoʼyish, oʼquv va ilmiy yoʼnalishlarda hamkorlikni kengaytirish, doktorantura hamda mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlashda ilmiy laboratoriya hamda ilmiy tadqiqot institutlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalalari keng muhokama etildi.

Oʼz navbatida, Nikolay Rogalev ikki universitet vakillari ishtirokida vertual uchrashuv tashkil qilib tomonlar oʼzlarini qiziqtirgan oʼquv va ilmiy yoʼnalishlarda hamkorlik qilishning aniq maqsadlari hamda yoʼnalishlarini belgilab olishlari maqsadga muvofiq ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida Tomonlar oʼzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidlab, yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ilmiy tadqiqot instituti (MEI) bilan Аnglashuv Memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor

Raima Shirinova