Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xorijiy til fanidan ochiq darslar davom etmoqda

Bugun, 30-noyabr kuni I-juftlikda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti 506-auditoriyada “Xorijiy til” (Ingliz tili) fanidan “Job selection” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi. Ochiq dars Xorijiy filologiya fakulteti “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi o’qituvchisi D.Sh.Yuldasheva tomonidan olib borildi.
Ochiq darsda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i Shuhrat Lakayev ishtirok etdi.
O’qituvchi darsda bir necha maqsadlarni ilgari surdi. Jumladan, talabalarni berilgan mavzu bo’yicha kerakli bilimlar bilan ta’minlash, ularga mavzuni to’liq yoritib berish, muammolar bo’yicha fikr mulohazalarini bilish, muammo haqida fikr almashish qobiliyatlarini rivojlantirish, mavzu bo’yicha terminlar, yangi so’zlar bilan tanishtirishdi. Ushbu maqsadlarga erishishda pedagog turli qiziqarli interaktiv metodlardan foydalandi.
Dars davomida talabalar guruh bo’lib ishladilar va har bir guruh a'zolarining birgalikda dars davomida faol qatnashishi o’qituvchi tomonidan nazorat qilindi. O'qituvchi tomonidan topshiriqlar uchun berilgan ko’rsatmalar aniq va tushunarli bo'ldi. Dars ijobiy baholandi.

O’zMU Axborot xizmati