Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xotin-qizlar masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi siyosiy Kengashi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, oilada zo‘rovonlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Unda partiya siyosiy Kengash a’zolari, deputatlar, olimalar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. 

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Inom Madjidov O‘zMUda  ayol pedogog va xodimlar hamda talaba-qizlarga yartilgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida to‘xtalib o‘tdi. 

Universitetga mehmon bo‘lgan partiya rahbari Robaxon Mahmudova mamlakatimizda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tadbir davomida tegishli mas’ullar va mutaxassislarning mavzu yuzasidan bir necha ma’ruzalari tinglandi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javob va izoh berildi.

O‘zMU Axborot xizmati