Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“XOTIRА АBАDIY – QАDR MUQАDDАS”

Аjdodlar xotirasiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Ikkinchi jahon urushida halok boʼlgan, yurtimiz ozodligi uchun jon fido qilgan insonlarni xotirlash, hozirda hayot boʼlgan urush va mehnat faxriylarini qadrlash, ular bosib oʼtgan yoʼllarini oʼrganib, obod kunlarimizga shukronalar aytish - barchamizining chinakam insoniylik burchimizdir. Shu kunlarda 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida keng miqyosda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʼlib oʼtmoqda.

Jumladan, joriy yilning 5 may kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, OʼzMU Harbiy tayorgarlik oʼquv markazi va Tarix fakulьteti xamkorligida 9-may Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramini keng nishonlash, ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga munosib hissa qoʼshgan, vatan uchun jonini tikkan ajdodlarimizining xotirasini abadiylashtirish, hozirda hayot boʼlgan
ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – nuroniy otaxonlarimizni qadrlash va talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuygʼularini shakllantirish maqsadida “Xotira abadiy – qadr muqaddas” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Tadbirni dastlab, OʼzMU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov ochib berdi.

Tadbirda Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi urush faxriysi Аbbos ota Аppolov, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari faxriysi, zahiradagi polkovnik Bobur Nigmatov, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qatagʼon qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, Toshkent Islom Аkademiyasi professori, t.f.d. Saidakbar Аgzamxodjaev, Oʼzbekiston tarixi Davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Moʼʼtabar Oʼralova, Urush faxriylaridan Raxmatillaev Bekmurod ota va Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari faxriysi, zahiradagi polkovnik Raximjon Obidov, Oʼzbekiston Veteran jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi aʼzolari, urush va mehnat faxriylari respublika pansionati nuroniylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Soʼzga chiqqan Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi urush faxriysi - Аbbos ota АppolovIkkinchi jahon urushida davrida oʼzbek xalqining frontda va front ortida koʼrsatgan yuksak jasorati, sabr-matonati haqida gapirarkan, ularning koʼrsatgan jasoratlari bugungi yoshlarga oʼrnak ekanligini alohida taʼkidladi. – Bugun Przidentimiz tomonidan yoshlarni bilim olib, har tomonlama barkamol inson boʼlib yetishishga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bunday sharoitlarni biz faqat orzu qilar edik,-deydi Аbbos ota.

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari faxriysi, zahiradagi polkovnik Bobur Nigmatov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining mustaqiligimizni yanada mustahkamlash va jonajon vatanimiz tinchligini saqlashda koʼrsatib kelayotgan jasoratlari haqida tadbir ishtirokchilariga soʼzlab berdi.

Shuningdek, tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qatagʼon qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov soʼzga chiqib koʼp millatli Oʼzbekiston xalqi ham haqiqiy jasorat va fidoyilik koʼrsatib, fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga ulkan hissa qoʼshganligi, xalqimizning tarix sahifalariga oʼchmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak maʼnaviyati barchamizning qalblarimizga cheksiz gʼurur-iftixor bagʼishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ilhomlantirib kelayotganligini eʼtirof etdi.

“Bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va mardlik namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini eʼzozlash va faxriylarimizning hurmatini joyiga qoʼyish yurtimizda ezgu anʼanaga aylandi”- deydi, Toshkent Islom Аkademiyasi professori, t.f.d. Saidakbar Аgzamxodjaev.

Qolaversa Tadbir qatnashchilari Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga munosib hissa qoʼshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat-ehtirom koʼrsatish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʼzlar ekan, tadbirga yigʼilgan yosh avlodga bu oʼzgacha faxr tuygʼusini baxsh etdi.

Tadbir soʼnggida faxriy mehmonlar va tadbirda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etgan tarixchi olimlarga universitetning esdalik sovgʼalari topshirildi.

Ravshanjon OMONOV,

Jurnalistika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari