Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xushxabar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Boshqaruv Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari Omonov Ravshanjon Rustamovichni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi Boshqaruv Kengashining qarori o‘qib eshittirildi. Uyushmaning aʼzolik guvoxnomasi va ko‘krak nishonini Ravshan Omonov tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshyev va Uyushma raisi Olimjon O‘sarovlardan qabul qilib oldi.
Universiteti rahbariyati va jamoasi nomidan Ravshan Omonovni samimiy tabriklaymiz va kelgusi kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

O’zMU Axborot xizmati